Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

«Nasaf» 5 futbolchi bilan shartnoma imzoladi, 11 futbolchi bilan xayrlashgan

«Nasaf» 5 futbolchi bilan shartnoma imzoladi, 11 futbolchi bilan xayrlashgan

«Nasaf» klubi Superliga va Elit OCHL yangi mavsumi oldidan jamoa tarkibida yuz bergan yakuniy o‘zgarishlar haqida rasman e’lon qildi.

Klub rasmiy xabarida keltirilishicha, «Nasaf» 2025 yilgi mavsum oldidan 5 nafar yangi futbolchi – Dragan Cheran, Ruben Hebay, Umarbek Eshmurodov, Suhrob Nurulloyev va Aleksandr Vorobey bilan shartnoma imzolagan.

11 nafar futbolchi esa jamoani tark etgan. Bular – Marko Stanoyevich, Jambuli Jigauri, Yuell Kuach, Viktor da Silva, Dilshod Komilov, Umdjon Ergashev, Shohjahon Sultonmurodov, Bobur Abduxoliqov, Doniyor Narzullayev, Mahmud Jo‘raboyev, Zafar Hakimov.

Shuningdek, 7 futbolchi bilan amaldagi kelishuv uzaytirilgan – Javohir Siddiqov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Abduvohid Ne’matov, Sharof Muhitdinov, Shuhrat Muhammadiyev.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari yangi mavsumga Turkiyaning Antaliya shahrida tayyorgarlik olib bormoqda.

Kiritildi: 17:49 06.02.2025. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!