Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirmoqchi

NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirmoqchi

NASA yaqin yillar ichida Marsga raketa uchirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda agentlik matbuot kotibi Betani Stivensga tayanib, Politico xabar berdi.

«Biz keyinchalik insonlarni Marsga qo‘ndirish imkonini beradigan yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni, jumladan 2026 va 2028 yillardagi start oynalaridan foydalanishni baholayapmiz», — deydi Stivens.

Qayd etishicha, 2026 va 2028 yillarda Yer va Mars bir-biriga juda yaqin masofada yaqinlashadi, bu esa parvozlarni amalga oshirishga qulay.

NASA bayonoti kosmosni o‘rganishdagi ustuvor yo‘nalishlar o‘zgarayotganidan dalolat beradi. Chunki AQSh Kongressi allaqachon Oyni o‘zlashtirish dasturini ma’qullagan va NASA’ga Yerning tabiiy yo‘ldoshi yoki uning yaqinida insonlarning uzoq muddat qolishini ta’minlash majburiyatini yuklagan.

Agar NASA’ning yangi rejalari amalga oshsa, bu Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi uchun juda qulay vaziyatni yaratishi mumkin, chunki ushbu parvozlar uchun aynan uning raketalaridan foydalanilishi ehtimoldan xoli emas.

Kiritildi: 11:04 08.05.2025. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!