Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

"Narkotraffik hech narsa emas, ularga neft va gaz kerak"

A A A
"Narkotraffik hech narsa emas, ularga neft va gaz kerak"

Nikolas Maduro AQSh Venesuelani bosib olishni rejalashtirayotganini aytdi.

Uning RTga bergan intervyusidan asosiy bayonotlar:

▪️AQSh Venesuelaga bostirib kirish maqsadida hukumat obro‘siga “Gollivud uslubida” dog‘ tushirmoqchi.

▪️"AQSh “narkokartellarga qarshi operasiya” bahonasida Venesuela yaqinida qo‘shin to‘pladi. Hozir qirg‘oqlarimiz yaqinida 8ta esmines bitta atom suv osti kemasi bor, 1200 ta raketa bizga qaratilgan.”

▪️"Gap giyohvand moddalar savdosi haqida emas, yo‘q – aslida ularga neft va gaz kerak..."

▪️Venesuela jahondagi eng yirik neft zahiralariga ega, gaz zahiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda. Undan tashqari 30 mln gektar unumdor yer va suv bor."

▪️AQSh tahdidi tufayli Maduro mamlakatda 25 000 harbiylar va milisiyani safarbar qilgan.

AQSh 5 sentyabr kuni “narkokartellarga qarshi kurash” maqsadida Puero Rikodagi harbiy aerodromga 10ga yaqin F-35 qiruvchi samolyotlarini joylashtirgan, Karib dengizida 10ga yaqin AQSh harbiy kemalarini jamlagan edi.

Kiritildi: 22:30 11.09.2025. O'qildi: 2351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!