Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Narkolaboratoriya tashkil qilgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari uzoq muddatga qamaldi

Narkolaboratoriya tashkil qilgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari uzoq muddatga qamaldi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida yashovchi muqaddam sudlangan fuqaro I.I. “Telegram” messenjerida giyohvandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh a’zosi tomonidan gaz pechi ichiga yashirilib, Rossiya Federasiyasidan yuborilgan 321 gr. “5F-APINACA” nomli sintetik narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, keyinroq I.I. tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan ushbu ajal og‘usini olish uchun kelgan vaqtida Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi J.S. ham ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, uyushgan jinoiy guruh a’zosi topshirig‘iga ko‘ra, J.S. Andijon shahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya tashkil qilgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, J.S. tomonidan Marhamat tumani hududidagi xufiya joyga yashirib qo‘yilgan 4 kg. 372 gr. “a-PVP” sintetik narkotik moddasi ham prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudi tomonidan mazkur shaxslar Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, I.I. 13-yil 6 oy va J.S. 15-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Kiritildi: 16:36 23.12.2024. O'qildi: 631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!