Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Nargiz Zokirova Rossiyadan 50 yilga "deportasiya" qilindi

Nargiz Zokirova Rossiyadan 50 yilga "deportasiya" qilindi

24 may kuni Toshkentdan Moskvaga borgan xonanda Nargiz Zokirova Domodedovo aeroportida qo‘lga olingandi. U O‘zbekistonga deportasiya qilinishi mumkinligi aytilgandi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati qabul qilgan qarorga ko‘ra, xonanda O‘zbekistonga qaytgandan so‘ng, Rossiya haqida keskin fikrlar bildirgani uchun 50 yilga – 2072 yilgacha Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilingan.

"Menda 50 yilga kirishni taqiqlash qarorim bor. Bu maxsus operasiyani qoralagan jamoat arboblari oladigan standart taqiq. Bu cheklov Nargiz Zokirovaga ham qo‘yilgan. Nargiz bunga tayyor edi. U bunday choralar ko‘rilishini taxmin qildi. Shunga qaramay, mening himoyamdagi shaxs o‘z fuqarolik pozisiyasiga sodiq qoladi", deydi advokat Ismoilov.

Ma’lumot o‘rnida, Nargiz Zokirova O‘zbekistonda taniqli musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Uning amakisi mashhur sovet va o‘zbek xonandasi Botir Zokirov.

1995 yilda esa Nargiz Zokirova ota-onasi bilan birgalikda AQShga ko‘chib ketadi. 2013 yilda u Rossiyaning "Ovoz" (Golos) televizion loyihasida ikkinchi o‘rinni egallaydi, shundan beri u Rossiya Federasiyasida ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib keladi.

Kiritildi: 22:31 25.05.2022. O'qildi: 6382 marta. Fikrlar soni: 21 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!