Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namozning faqat farzini o‘qisa bo‘ladimi?

Namozning faqat farzini  o‘qisa bo‘ladimi?

Ummu Habiyba roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Qaysi bir musulmon banda har kuni farzdan tashqari o‘n ikki rak’at ixtiyoriy namozo‘qisa, albatta, Alloh unga jannatda uy qurib beradi , dedilar.
Ummu Habiba: Shundan keyin ularni doimo o‘qib kelmoqdaman , dedilar .

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Termiziy:
Peshindan oldin to‘rt va keyin ikki rak’at, Shomdan keyin ikki rak’at, Xuftondan keyin ikki rak’at, Bomdoddan oldin ikki rak’at ni ziyoda qilgan.
Sharh: Hanafiy mazhabi mana shu rivoyatni mahkam ushlab, hayotga yaxshilab tatbiq qilgan maz habdir. Ushbu hadisda farz namozlariga tobe bo‘lgan sunnatlarni qo‘ymay, o‘qib borishga qattiq targ‘ib va ulkan va’da bordir.
Bu va’da bo‘yicha, ushbu namozlar uchun mukofot tariqasida Alloh taolo tomonidan jannatda alohida uy qurib berilishi ta’kidlanmoqda.
Farz namozlarga tobe bo‘lgan sunnat namozlarini qo‘ymay, o‘qib borishga bundan ortiq targ‘ib bo‘lmasa kerak. Shuning uchun ham Ummu Habiyba onamiz ushbu hadisni eshitganlaridan boshlab, u namozlarni aslo qoldirmaganlar. Biz ham xuddi shunday qilishimiz lozim.
Farz namozlaridan oldin o‘qiladigan sunnat namozi o‘ziga xos ravishda farz namozga tayyorlanish vazifasini ham o‘taydi. U namozni o‘qib, ancha tayyorlanib olgan namozxon uchun farz namozining xushu’ va xuzu’sini joyiga qo‘yish oson bo‘ladi.
Farz namozlaridan keyin o‘qiladigan sunnat namozlari esa farz namozda ba’zi qusur va kamchiliklar sodir bo‘lsa, o‘rnini to‘ldirish vazifasini o‘taydi.
Shuning uchun ham shariatda bu namozlar mukammilot to‘ldiruvchi namozlar deb ataladi. ( Hadis va Hayot kitobidan). Vallohu a’lam!

Manba: islom.uz

Kiritildi: 14:29 24.03.2019. O'qildi: 16002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!