Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Namozda esnoq kelsa, nima qilish kerak?

Namozda esnoq kelsa, nima qilish kerak?

— Namozda va zikr aytilayotganda beixtiyor esnoq keladi, bu yaxshi emas, deb eshitdim. Esnoq ixtiyorsiz kelsa, nima qilish kerak?

— Iloji boricha esnashni qaytarishga harakat qilish kerak. Ammo buning imkoni hech bo‘lmasa, qo‘l bilan to‘silsa ham bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi. Aksa urib, Allohga hamd (Alhamdulillah) aytsa, tashmit (Yarhamukalloh, ya’ni Alloh senga rahm qilsin) aytish uni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Kishi qo‘lidan kelganicha uni qaytarsin. Qachon “Ha-a-a”, desa, shayton uning ustidan kuladi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz esnaganda qo‘li ila og‘zini yopsin, shayton og‘izga kiradi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Namozni zam suralar ma’nolarini tafakkur qilib o‘qish hamda har namozga yangi tahorat olish esnoq kelishining oldini oladi.  

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 11:39 22.02.2021. O'qildi: 3509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!