Namibiyada tez orada bo‘ladigan saylovlar oldidan eng ko‘p muhokama qilingan nomzod — Adolf Gitler Uunona. U 59 yoshda, mamlakatni 1990 yildan beri boshqarib kelayotgan SWAPO partiyasining vakili.
Uunona chap qanot siyosatchisi hisoblanadi. Uning ismi tarixdagi diktator bilan bir xil bo‘lsa-da, u bu nomni otasi qo‘yganini va hech qanday ekstremistik g‘oyalarga aloqasi yo‘qligini aytgan.
So‘rovlarga ko‘ra, Gitler bu saylovlarda ham g‘alaba qilish ehtimoli yuqori.