Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini, yana bir holatda fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSh dollari va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.