Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Namanganda o‘quvchi boshqargan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Namanganda o‘quvchi boshqargan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

2 aprel kuni Namangan viloyati, Davlatobod tumanida maktab o‘quvchisi tomonidan boshqarilayotgan Nexia-3 avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, yuk avtomobili bilan to‘qnashdi.

Namangan viloyati IIB YHXB videolavhasida avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashgani va yuk mashinasi uni bir necha metrga sudragani ko‘rinadi.

Qayd qilinishicha, to‘qnashuv oqibatida yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi. Ikkalasi ham maktab o‘quvchisi ekani aytilmoqda.

Surishtiruvda ma’lum bo‘lishicha, avtomobil 220 ming so‘m evaziga 9-sinf o‘quvchilariga ijaraga berilgan.

Kiritildi: 18:08 05.04.2025. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!