Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda o‘qituvchi o‘z uyida o‘zini osdi. Sababi ma’lum

Namanganda o‘qituvchi o‘z uyida o‘zini osdi. Sababi ma’lum

Ijtimoiy tarmoqlarda Norinda 33 yoshli erkak o‘zini osib qo‘yganligi haqida xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha joriy yilning 26 iyun kuni Norin tumani, “Otbozor” MFY, Mustaqillik ko‘chasida yashagan 1989 yilda tug‘ilgan erkak N.A (oilali, 1 nafar farzandi bor, avtomaktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan) o‘zining yashash xonadoni tom qismida o‘zini-o‘zi osib vafot etgan.

Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda elektron qimor o‘yinida yutqazib qo‘yganidan oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqgani oqibatida ruhiyatida salbiy o‘zgarish bo‘lgani aniqlangan.

Marhumning o‘limi sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat bo‘yicha Norin tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:31 29.06.2022. O'qildi: 9387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!