Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. tegishli tartibda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Bo‘ston” MFY hududidagi dorixonada sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, undan umumiy bahosi 140,9 mln so‘mlik 1 197 turdagi 29 289 dona dori vositalari va tibbiy buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.