Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Namanganda “svet“ dan noqonuniy foydalanib kelgan xonadon aniqlandi

Namanganda “svet“ dan noqonuniy foydalanib kelgan xonadon aniqlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari“ AJ Energosavdo filiali Namangan bo‘linmasi tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlashga qaratilgan nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Namangan shahar “Gulpora“ MFY hududida joylashgan fuqaro A.O. ga qarashli xonadonning elektr energiyasidan foydalanishi ko‘rikdan o‘tkazilganda, elektr hisoblagichdan tashqari holda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib elektr ta’minotidan ajratildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan noqonuniy foydalanish holatiga 3,2 mlrd so‘m hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymati qayta hisob-kitob qilinib, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 04:21 07.03.2025. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!