Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda «Odnoklassniki» orqali terrorchilar ta’siriga tushib qolgan shaxs qo‘lga olindi

Namanganda «Odnoklassniki» orqali terrorchilar ta’siriga tushib qolgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan viloyatida ijtimoiy tarmoq orqali terrorchilar ta’siriga tushib qolib, ularga tegishli materiallarni tarqatgan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda (https://daryo.uz/k/2021/09/25/namanganda-odnoklassniki-orqali-terrorchilar-tasiriga-tushib-qolgan-shaxs-qolga-olindi/)viloyat IIB axborot xizmati.

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor-texnik tadbirlar olib borilgan. Tadbir davomida «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchi «Imom al-Buxoriy katibasi» nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi g‘oyalar qayd etilgan videomateriallarni o‘z sahifasiga joylashtirgani aniqlandi.

Olingan ma’lumotni tekshirish uchun o‘tkazilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi Namangan viloyatida yashovchi 24 yoshli fuqaro I.A. ekani aniqlandi va tezkor tadbirlar natijasida qo‘lga olindi.

Aniqlangan holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro I.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:36 26.09.2021. O'qildi: 2140 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!