Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Namanganda katta bayram - media sohasi vakillari uchun mo‘ljallangan xaftalik boshlandi!

Namanganda katta bayram - media sohasi vakillari uchun mo‘ljallangan xaftalik boshlandi!

Bugun Namangan shahridagi «Ma’rifat maskani»da Respublikadan tashrif buyurgan media sohasining taniqli vakillari – ekspertlar ishtirokida “Media haftalik”ka start berildi.

Haftalikning rasmiy ochilishidan so‘ng media vakillari yo‘nalishiga qarab, 3 ta guruhga bo‘lingan holda o‘quv mashg‘uotlari boshlandi.

Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar va media ekspertlar tomonidan olib borilmoqda. Unda sun’iy intellekt va media Faktcheking, mediaxavfsizlik, Kontent strategiyasi, Mobilografiya va vizual storitelling, Auditoriya bilan ishlash sirlari, SMM va zamonaviy media trendlar, Real keyslar va tajriba almashuviga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, ochiq muloqot shaklidagi suhbatlar davomida o‘zaro fikr-mulohazalar almashilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Namangan viloyati hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur xaftalik 22 may kuniga qadar davom etadi.

Kiritildi: Bugun 18:36. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!