Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda jinoiy til biriktirgan qo‘shnilar qo‘lga olindi

Namanganda jinoiy til biriktirgan qo‘shnilar qo‘lga olindi

Namangan. 2020 yil 08 maydan 09 mayga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Pop tumani Vodiy MFY hududida joylashgan 34 yoshli F.J., ga tegishli do‘konga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 1.000.000 so‘m va 200 AQSh dollari naqd pul hamda 7.000.000 so‘mlik xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab, hodisa joydan yashiringan.

Holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 29 yoshli O.A. va qo‘shnisi 27 yoshli A.E., lar sodir etganliklari aniqlanib, oziq-ovqat va parfyumeriya mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. O.A. va A.E., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinganlar.

Kiritildi: 17:54 15.05.2020. O'qildi: 2975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!