Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Namanganda bog‘chadagi pedofillik voqeasiga daxldor deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi

Namanganda bog‘chadagi pedofillik voqeasiga daxldor deb gumon qilingan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi


Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan ko‘ngilsiz holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgan.
Voqeaga aloqador hamda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tashkilotlar vakolati doirasida zarur choralar ko‘rilishi, aybdorlar jazolanishi ta’minlanadi.

Ta’lim tashkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, bu kabi salbiy holatlar boshqa bog‘chalarda ham takrorlanmasligi uchun vazirlikning maxsus Ishchi guruh a’zolari tomonidan hozirda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda va barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 09:57 26.09.2026. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!