“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi hamda “Hududgaz Namangan” GTF hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida, Namangan tumanida fuqaro "A.I."ga tegishli nonvoyxonada hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasiga 473 million so‘m miqdorida iqtisodiy zarar yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.