Namangan viloyatidagi Kosonsoy, Mingbuloq hamda To‘raqo‘rg‘on tumanlarining elektr ta’minotida uzilishlar bo‘ldi.
Hodisa yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati ma’lumot berdi.
"Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham 14-15 oktyabr kunlari kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilishi oqibatida viloyatdagi aksariyat tuman, shaharlarda tarmoqlarda nosozliklar yuzaga keldi.
Tezkor brigada xodimlari yuqoridagi muammolarni bartaraf qilish ishlarini bajarishmoqda. Agar sizning hududingizda ham uzilishlar sodir bo‘lgan vaqtida https://t.me/namenergy telegram orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yo‘llashingiz mumkin", deyiladi xabarda.
Iste’molchilardan mazkur uzilishlar sabab yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.