Namangan tumani Qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi bo‘limi bosh arxitektori tadbirkordan avtomoyka uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berish va qurilishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildirish 1 500 AQSh dollari so‘ragan.
Tezkor tadbir davomida avval 500 dollar, so‘ng qolgan 1 000 dollarni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.