Bugun, 9 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan masjidlar imom-xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Namangan shahridagi “Boqi Polvon” jome masjidi imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelayotgan Abdulloxon domla Samatov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining buyruqlari bilan Namangan shahar bosh imom-xatibi va “Boqi Polvon” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangani e’lon qilindi.
Abdulloxon domla Samatovga Namangan shahar bosh imom-xatibi vazifasida fidokorona mehnat qilib, Namangan shahri imom-xatiblari bilan hamjihatlikda dinimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilishlarida Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.