Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Namangan shahrida qalbaki 30 000 AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Namangan shahrida qalbaki 30 000 AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Laccetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yo‘lovchisi S.B. har biri 100 AQSh dollarlik qalbaki 30 000 AQSh dollarini Namangan shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:13. O'qildi: 374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!