Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy iste’fosi uchun mamlakatning rasmiy saytlaridan birida petisiya e’lon qilindi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Uni bir kun ichida 5 mingdan ziyod kishi imzolagan. Petisiya rasman ko‘rib chiqilishi uchun 90 kun ichida 25 ming imzo yig‘ishi kerak.
«Xalq xizmatkori» o‘z xalqi oldida ma’naviy mas’uliyatni his etmaydigan darajadagi kechirib bo‘lmas vaziyat yuzaga keldi», — deyiladi petisiya matnida.
Bir oz ilgari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning «Xalq xizmatkori» partiyasi o‘ziga xos milliy fazilatlarga nisbatan liberal yondashuvni o‘z mafkurafiy g‘oyasi deb elon qilgandi.