«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Sesk Fabregas yozda jamoadan ketishni xohlagan hujumchi Lionel Messi bilan bog‘liq vaziyat xaqida gapirdi.
«Shuncha yildan keyin Messidan yana nimani so‘rash mumkinligini bilmayman. Siz jamoaga juda ko‘p narsalar berasiz, lekin faqat oxirgisi esda qoladi. Men klubda unga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan shaxslarni ko‘rganman, lekin uning «Barselona»da qolganidan minnatdorman.
U o‘zini yolg‘iz his qilyapti deb o‘ylamayman, garchi uning yonida Suares bo‘lmasa ham», – deya Fabregasning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Ma’lumot o‘rnida, argentinalik futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. U hamon klubdan ketish niyatida.