Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Nahotki?! Ayollar bolalari "detdom"da butunlay qolishi uchun o‘zlarini onalik huquqidan mahrum qilishmoqda

Nahotki?! Ayollar bolalari "detdom"da butunlay qolishi uchun o‘zlarini onalik huquqidan mahrum qilishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov ajrashishlar soni ko‘pligi va shu sababdan ham ko‘plab bolalar tirik yetim bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Xususan, o‘tgan yili fuqarolik sudlarida 11153ta nikoh bekor qilinganini ham aytib o‘tdi. 

Shuningdek u mehribonlik uylaridagi holatga to‘xtalib o‘tdi.

«...Viloyatlardagi sayyor qabullardan vaqt orttirib, bir necha Mehribonlik uylarida bo‘ldik. Sharoitlariga gap bo‘lishi mumkinmas. Biroq u yerdagi aksariyat tarbiyalanuvchilarning ota-onasi bor. Ammo ajrashgan. Tartibga ko‘ra, ota-onasi bor bolalar Mehribonlik uylarida bir yil qolishi mumkin, xolos. Farzandi Mehribonlik uyining «to‘laqonli tarbiyalanuvchisi»ga aylanishi uchun ayrim onalar nima qilishmoqda deng? Sud orqali o‘zlarini onalik huquqidan mahrum etishmoqda! Chunki, sobiq erdan najot yo‘q, onaning maishati tang. Birdan bir chora — farzandini «detdom»ga topshirish. O‘zini onalik huquqidan mahrum etvolsa, bolasi Mehribonlik uyida bemalol yuraveradi... Bundaylarni ko‘rib, «dod» devorging keladi, rosti!», - dedi X. Yodgorov.

Kiritildi: 11:56 13.08.2019. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!