Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«MYu»ning kelajagi kim bo‘lishi aytildi

«MYu»ning kelajagi kim bo‘lishi aytildi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa yarimhimoyachisi Kobbi Maynu haqida fikr bildirdi.

«Kobbi Maynu — “Manchester Yunayted”ning kelajagi. U shunchaki o‘z imkoniyatini kutmog‘i lozim. Futbolda hammasi ikki kun ichida ham o‘zgarib ketishi mumkin. Agar biz uning o‘rniga hech kimni transfer qilmasak, uni qo‘yib yuborish qiyin bo‘ladi. Jamoada baribir yetishmovchilik bor… Bu yerda har qanday holat yuz berishi mumkin», — deydi Amorim.

Avvalroq Maynu qishki transfer oynasida klubdan ijaraga qo‘yib yuborilishini so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yosh futbolchi o‘ziga yetarlicha o‘yin vaqti berilmayotganidan norozi.

Joriy mavsumda Kobbi Maynu «MYu» safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 11:48. O'qildi: 252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!