“Manchester Yunayted“ sobiq futbolchilari Devid Bekxem va Gari Nevill Angliyaning 4-ligasida ishtirok etuvchi “Solford Siti“ klubini sotib olishdi.
Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lumot berdi.
“Men Salfordda ulg‘ayganman va u yerda o‘tgan vaqtimni juda yaxshi eslayman. Bu joy va uning odamlari mening futbolchilik faoliyatimda katta rol o‘ynagan. Bu yerda “Salford Siti“ni yaxshi ko‘rishadi. U boy tarixga ega va men bu jamoaning bir bo‘lagiga aylanganimdan xursandman“, — dedi Bekxem.