Mythos neyrotarmog‘i sinov tekshiruvi vaqtida bir necha soat ichida AQSh Milliy xavfsizlik agentligining (NSA) deyarli barcha maxfiy resurslarini buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan
Bu haqda AQSh Kiberqo‘mondonligi qo‘mondoni va NSA direktori general Joshua Rudd ma’lum qildi.
Avvalroq Oq uy xorijliklar uchun Anthropic kompaniyasining eng yangi sun’iy intellekt modellari — Mythos 5 va Fable 5'dan foydalanishni taqiqlagan edi.
The Economist'ning ta’kidlashicha, cheklov hatto Vashingtonning eng yaqin ittifoqchilariga ham tatbiq etilgan. Ular qatoriga Five Eyes razvedka alyansiga a’zo Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya ham kiradi.
Avvalroq AQSh moliya vaziri Skott Bessent mazkur sun’iy intellekt modellari yirik kompaniyalar va tashkilotlarning kiberxavfsizlik tizimlarini rekord darajada tez aylanib o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.