Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3100 nafardan oshdi

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3100 nafardan oshdi

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3,1 ming kishidan oshdi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi Myanma davlat matbuotiga tayanib xabar berdi.

"Myanmadagi kuchli zilzila natijasida 3145 kishi halok bo‘ldi, 4589 kishi jarohat oldi, yana 221 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi”, — deyiladi telekanal xabarida.

Avvalroq 3085 kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Myanma hududida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan, to‘lqinlar besh qo‘shni davlatda, jumladan Tailandda ham sezilgan edi.

Kiritildi: 20:39 03.04.2025. O'qildi: 613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!