Myanmadagi kuchli zilzila qurbonlari soni 3085 kishiga yetdi.
Bu haqda Xinhua agentligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 4714 kishi jarohatlangan, 341 kishi bedarak yo‘qolgan.
28 mart kuni Myanmada zilzila yuz berdi. Tailand meteorologiya departamenti uning magnitudasi 8,2 ni tashkil qildi. Undan keyin 6,4 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi.