Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Myanmadagi suv toshqini qurbonlari soni 290 dan oshdi

Myanmadagi suv toshqini qurbonlari soni 290 dan oshdi

Myanmada "Yagi" to‘foni sabab bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida kamida 293 kishi halok bo‘ldi, yana 89 kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini butun mamlakat bo‘ylab viloyatlar va shtatlardagi o‘nlab shaharlarni, jumladan, Neypitauning Ittifoq hududini qamrab olgan. Nashrning qayd etishicha, payshanba kuni ertalabki holatga ko‘ra, jami 161 mingdan ortiq odam suv toshqini qurbonlari uchun 425 ta boshpanada bo‘lgan.

Suv toshqinlari natijasida 310 ming gektardan ortiq ekin maydonlari suv ostida qolgan, 129 ming 150 bosh chorva mollari nobud bo‘lgan.

Mamlakat hukumati va qutqaruv tashkilotlari mahalliy aholi bilan hamkorlikda suv toshqinidan jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, oziq-ovqat va boshqa zarur narsalarni yetkazib berish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Kiritildi: 09:36 20.09.2024. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!