Tailand Myanmadagi firibgarlik qurboniga aylangan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini vatanga qaytarishda yordam berdi.
Ular firibgarlar tomonidan aldab olib ketilib, Myanmada noqonuniy faoliyatga — xususan, telefon va internet orqali moliyaviy firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi qo‘ng‘iroq markazlarida majburan ishlashga jalb qilingan.
Tailand rasmiylari ularni aniqlab, O‘zbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi orqali uylariga qaytishlariga ko‘maklashdi.