Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Myanmada zilzila qurbonlari soni 700 ga yaqinlashdi – AFP

 Myanmada zilzila qurbonlari soni 700 ga yaqinlashdi – AFP

"Kamida 694 kishi halok bo‘ldi va 1670 kishi jarohatlandi. Garchi kecha ko‘plab takroriy silkinishlar kuzatilgan bo‘lsa ham, qutqaruv ishlari davom etdi", deb xabar beradi agentlik mamlakat harbiy hukumatiga tayanib.

Myanma hukumati xalqaro hamjamiyatni zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatishga chaqirdi. Xitoy va Rossiya Myanmaga qutqaruvchilar va shifokorlar yuborgan.

AQSh Geologik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 28 mart juma kuni Myanmada 7,7 va 6,4 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan. Yer osti silkinishlari qo‘shni Xitoy va Tailandda ham sezilib, Bangkokda qurilayotgan osmono‘par bino qulab tushdi.

Kiritildi: 12:17 29.03.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!