Agentlik bu haqda Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
Tabiiy ofat natijasida Myanmadagi ko‘priklar, avtomagistrallar, aeroportlar va temir yo‘llar zarar ko‘rgan, bu esa qutqaruv ishlarini qiyinlashtirmoqda.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, Myanmaning markaziy va shimoli-g‘arbiy hududlaridagi kasalxonalar zilzila oqibatida jabrlangan odamlar oqimiga zo‘rg‘a bardosh bermoqda.