Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
"Er osti silkinishlari qo‘shni Tailandda ham sezildi. Zilzila shu qadar kuchli bo‘ldiki, hovuzlardagi suv toshib ketdi, qurilayotgan osmono‘par bino qulab tushdi", — deya xabar bermoqda mahalliy OAV.
Bankokda zilzila magnitudasi 5 ballga, Myanmadagi episentrda esa 7,7 ballga teng bo‘ldi.
Zilzila episentrida yuzlab uylar vayron bo‘lgan, Mandalay shahrida odamlar vayronalar ostidan olib chiqilmoqda , qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi.