Raqamli texnologiyalar asrida davlat va fuqaro o‘rtasidagi muloqotning sifati tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining kundalik hayoti, biznes jarayonlari va davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri my.gov.uz portali bilan bog‘lanmoqda. Tobora kengayayotgan elektron imkoniyatlar nafaqat odamlarning vaqtini, balki milliardlab mablag‘larni ham tejashga xizmat qilmoqda.
Portalga bo‘lgan ishonch yil sayin emas, balki oy sayin o‘sib bormoqda. Buni quyidagi dinamikadan ham bilish mumkin:
Bugungi kunda portalda 862 tadan ortiq elektron xizmatlar mavjud bo‘lib, ularning 62 tasi aynan shu yilning boshidan buyon joriy etildi. Ular orasida eng ommabop va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lganlari quyidagilardir:
Biznes uchun ham yengilliklar kengaydi. Jumladan, onlayn tizim tufayli 160 dan ortiq lisenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, yana 150 turdagi hujjatlarni talab qilish amaliyotiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, 190 dan ziyod xizmat «uch qadam» tamoyili asosida soddalashtirilib, ariza to‘ldirish vaqti 2 baravarga qisqartirildi.
Bugun MyGov mobil ilovasi smartfonlar uchun eng ommabop dasturlar yetakchisiga aylangan. Uning foydalanuvchilari soni o‘tgan yilgi 9 milliondan bugungi kunda 13,5 milliondan oshib ketdi.
Yaqinda ilovada mobil telefon raqamini onlayn tarzda boshqa shaxs nomiga qayta rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi. Endilikda UZTELECOM, UCELL, BEELINE va MOBIUZ abonentlari kompaniya ofislarida navbat kutmasdan, masofadan turib raqam egasini o‘zgartirishlari mumkin.
Shuningdek, ilovada 30 turdagi raqamli hujjat (pasport, haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik va nikoh to‘g‘risidagi guvohnomalar) joylashtirilgan. Bu hujjatlar temir yo‘l va aviakassalarda, notarius hamda banklarda rasmiy hujjat sifatida tan olinmoqda. Portaldagi 50 turdagi PUSH bildirishnomalar orqali esa aholiga 100 milliondan ortiq muhim eslatmalar yuborildi.
Joriy yilda tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha katta marralar belgilangan:
O‘zbekistonning raqamlashtirish sohasidagi bu yutuqlari jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi. 2025 yilgi Davlat texnologiyalarining yetuklik indeksida mamlakatimiz birdaniga 71 pog‘onaga yuqorilab, dunyoda 9-o‘rinni egalladi va «A» toifasiga (GovTech yuqori darajada rivojlangan davlatlar) kirdi. Shuningdek, Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Forumida O‘zbekiston elektron hukumat sohasidagi yutuqlari uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi.