Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Muzrabotda noqonuniy ov: yovvoyi to‘ng‘izlar otib o‘ldirildi, atrof-muhitga zarar — 11,5 mln so‘m

Muzrabotda noqonuniy ov: yovvoyi to‘ng‘izlar otib o‘ldirildi, atrof-muhitga zarar — 11,5 mln so‘m

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanining Yangi diyor mahallasi hududidagi “Sholipoya” massivida Surxondaryo viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari hamda jamoatchi inspektorlar hamkorligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida ikki bosh yovvoyi to‘ng‘iz noqonuniy ovlangani aniqlanib, jonivorlarning jasadi Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi. Shu yerda malakali veterinariya mutaxassislari ko‘rigidan o‘tkazilgach, ular o‘qotar qurol orqali ovlanib, nobud qilingani ma’lum bo‘ldi. Sanitariya talablariga muvofiq jonivorlarning tanasi yo‘q qilinib, hayvonot bog‘idagi yirtqichlar uchun tabiiy ozuqa sifatida berildi.

Muzrabotda noqonuniy ov: yovvoyi to‘ng‘izlar otib o‘ldirildi, atrof-muhitga zarar — 11,5 mln so‘m

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruvda yovvoyi to‘ng‘izlarni Termiz shahrida yashovchi Shodmon Do‘layev (ism-sharif o‘zgartirildi) nobud qilib, atrof-muhitga 11 million 500 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.

Muzrabotda noqonuniy ov: yovvoyi to‘ng‘izlar otib o‘ldirildi, atrof-muhitga zarar — 11,5 mln so‘m

Ayni paytda g‘ayriqonuniy ov bo‘yicha huquqiy hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 19:06 06.05.2025. O'qildi: 404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!