Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Muzlatilgan Rossiya aktivlari Yevropada qolishi kerak — Fridrix Mers

Muzlatilgan Rossiya aktivlari Yevropada qolishi kerak — Fridrix Mers

Germaniya federal kansleri Fridrix Mers AQShning Yevropada muzlatilgan Rossiya davlat aktivlarini boshqa moliyaviy tuzilmaga o‘tkazish rejasiga qarshi chiqdi.

«Bu Yevropada muzlatilgan aktivlardir va ular Yevropada muzlatilgan holda qolishi kerak. Bu bizning ishimiz va ushbu masala bo‘yicha qarorlarni o‘zimiz qabul qilamiz», — dedi Mers.

Avvalroq Financial Times gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, AQSh Yevropa davlatlariga Rossiya aktivlarining bir qismini muzdan tushirish va ularni Vashington nazoratidagi moliyaviy tuzilmaga o‘tkazishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.

Oq uyning rejasiga ko‘ra, bunday qadam Moskva bilan tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga yordam berishi mumkin.

Kiritildi: 20:26 15.10.2026. O'qildi: 354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!