Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Muxolifat Halab shahrining katta qismini egallab oldi

 Muxolifat Halab shahrining katta qismini egallab oldi

Suriya prezidenti Bashar al-Assad rejimiga qarshi qurollangan Suriya muxolifati Halab markazining salmoqli qismini nazoratga oldi. Chorshanba kuni shaharning g‘arbiy chekkalarida boshlangan hujumdan so‘ng voqealar tez sur’atda davom etdi.

Juma kuni muxolifat kuchlari shahar markaziga kirib, muhim hududlarni, jumladan Sadalla al-Jobiriy maydonini egallab oldi. Strategik ahamiyatga ega ob’ektlar: gubernator binosi, polisiya shtab-kvartirasi va Alepponing tarixiy qal’asi ularning nazoratiga o‘tdi.

Abu al-Duhur harbiy aeroporti egallab olingandan so‘ng, guruhlar hukumat qo‘shinlari tashlab ketgan harbiy texnika va o‘q-dorilarga ega bo‘lishdi. Ishg‘ol qilingan hududlarda komendantlik soati joriy qilingan va xavfsizlik tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:48. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!