Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Mutaxassis O‘zbekistonni qarzlarga botmaslikka chaqirdi

Mutaxassis O‘zbekistonni qarzlarga botmaslikka chaqirdi

O‘zbekistonda qo‘shimcha qo‘shilgan qiymat soliq stavkasi 1 oktyabrdan 20% dan 15%ga tushirildi. Bu orada joriy yil birinchi yarim yilligi natijalari bo‘yicha respublikaning tashqi qarz hajmi 13,09 mlrd AQSh dollarini yoki YAIMning 23,5% ini tashkil etdi. Bu haqda "sof.uz" yozmoqda.

“QQSning 20% dan 15% ga tushirilishi – iqtisodiyot rivojlanishi tezligini oshirish yo‘lida to‘g‘ri qaror. Soliqlarni tushirish kerak. Biroq, hozirda mamlakat diqqat-e’tibori ostida bo‘lishi kerak bo‘lgan yo‘nalish bu davlatning tashqi qarz yukidir. O‘zbekistonda, bilishimcha, suveren qarz o‘sish sur’atlari nihoyatda baland”, - deydi Rossiyalik moliyaviy tahlilchi Dmitriy Golubovskiy.

Shuning barobarida soliqlarni pasaytirishni boshlab yuborgan davlat, ekspert fikricha, noqulay vaziyatga tushib qolish hech gap emas. Chunki byudjetning katta qismi qarzlarni qaytarish bilan ovvora bo‘lib qoladi. Ushbu ma’noda, ishtahani tiygan yaxshi. Zotan, yaqin 2 yilda global resessiya kutilmoqda, deya taxmin qildi u.

Dmitriy Golubovskiyning so‘zlariga qaraganda, soliqlarni tashqi qarzni qaytarishga yetarli bo‘ladigan sur’atda yig‘ib olish talab qilinadi. U misol tariqasida Rossiya tajribasiga to‘xtalar ekan, bu yerda soliq tizimi soddalashtirilishi natijasida soliqlarni yig‘ib olish keskin o‘sganligini qayd etib o‘tdi

Kiritildi: 17:09 17.10.2019. O'qildi: 4426 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!