Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Musulmon va yahudiylarga hujum qilmoqchi bo‘lgan "Qora qush" qo‘lga olindi

Musulmon va yahudiylarga hujum qilmoqchi bo‘lgan "Qora qush" qo‘lga olindi

Fransiyada musulmon va yahudiylarga hujum uyushtirmoqchi bo‘lgan besh kishi qo‘lga olindi. Bu operasiya bir necha oy davomida olib borilayotgan tergov doirasida amalga oshirildi.

Bu haqda RIA Novosti BFMTV telekanaliga asosan xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarni qo‘lga olish 2018 yil sentyabrdan 2019 yil may oyi yakunigacha amalga oshirildi. Qo‘lga olingan shaxslar orasida voyaga yetmagan shaxs ham bor.

Qo‘lga olinganlarning barchasi “Qora qush” (L'Oiseau Noir) guruhiga a’zo bo‘lgan.

Ular forumda teraktlarni amalga oshirishni muhokama qilishgan.

Telekanal qayd etishicha, bir necha hujum, shu jumladan, musulmonlar va Fransiya yahudiylar kengashi har yili o‘tkaziladigan yig‘ilish vaqtida teraktlarni amalga oshirishni rejalashtirishgan.

 

Kiritildi: 17:49 11.06.2019. O'qildi: 2646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!