Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Murodjon Ahmadaliyev to‘rtta kamar uchun jang qiladi

Murodjon Ahmadaliyev to‘rtta kamar uchun jang qiladi

Jahon boks assosiasiyasi (WBA) ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (27-0, 24 KO) kamarini majburiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevdan (12-1, 9 KO) himoya qilishga buyruq berdi.

Tashkilot tomonlarga rasmiiy maktub yuborib, har ikki jamoaga jang haqida xabar berdi. Muzokaralar olib borish uchun 14 iyulgacha muddat belgilandi. Tomonlar bu muddat ichida kelisha olmasa, kimoshdi savdolari o‘tkaziladi.

Reglamentga ko‘ra, chempion kamarni qo‘lga kiritgan kundan boshlab 9 oy ichida mavjud bo‘lgan eng yaxshi da’vogarga qarshi unvonini himoya qilishi kerak.

Jang muddati tasdiqlansa, Ahmadaliyev o‘zbek bokschilari ichida birinchi bo‘lib bir yo‘la to‘rtta asosiy chempionlik kamarlari — WBC, WBA, IBF va WBO uchun ringga chiqadi.

Inoue mutlaq chempionga aylanganidan so‘ng ilk bor may oyida Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarilib, kamarlarini himoya qilgan edi. Jang 6-raundda yaponiyalik bokschining nokaut evaziga g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Ahmadaliyev esa 2023 yilning dekabr oyida Kevin Gonsalesga qarshi jang qilgandi. Qarama-qarshilikning 8-raundida o‘zbekistonlik bokchi raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 18:34 14.06.2024. O'qildi: 1429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!