Bir oz avval yana bir yunon-rum kurashchimiz Mo‘minjon Abdullayev (130 kg) “Tokio – 2020” Olimpiadasi doirasidagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Hamyurtimiz birinchi davrada estoniyalik Artur Vitininga qarshi gilamga chiqdi.
Tajriba bobida ustun bo‘lgan polvonimiz ushbu bahsni o‘z foydasiga hal qilish uchun atigi 31 soniya sarfladi xolos. Yakuniy hisob 8:0.
Endi Abdullayev keyingi davrada Chili va Tunis vakillari o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kurashadi.