Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Mujtabo Xominaiy AQSh va Isroil zarbalari natijasida yengil jarohatlangan

Mujtabo Xominaiy AQSh va Isroil zarbalari natijasida yengil jarohatlangan

Bu haqda CNN Eron hukumatidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.

"Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xominaiyning oyoq panjasi singan, yuzida ko‘karishlar bor", — dedi telekanal manbasi.

"Men janob Mujtabo Xominaiy jarohat olgani haqidagi xabarlarni eshitdim. Shundan so‘ng tanishlarim va yaqinlarim bilan bog‘lanib, vaziyatni so‘radim. Xudoga shukur, u sog‘lom, hech qanday muammo yo‘q", — deb yozdi Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonning o‘g‘li va maslahatchisi Yusuf Pizishkiyon.

Avvalroq, Eron Tashqi ishlar vazirligi Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xominaiy yaralangan, lekin o‘zini yaxshi his qilayotgnanini aytgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!