Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Mo‘’jiza! Dafn etilgan erkak yetti soatdan so‘ng uyiga kirib keldi

Mo‘’jiza! Dafn etilgan erkak yetti soatdan so‘ng uyiga kirib keldi

Indoniyeziyaning Sharqiy Yava provinsiyasidagi Gesikan qishlog‘ida yashovchi erkak o‘z dafn marosimidan keyin uyiga qaytib keldi, deb yozadi Asia One gazetasi.

Hammasi yo‘l-transport hodisasidan keyin boshlandi. Unda hujjatsiz odam vafot etgandi. Tana shu qadar o‘zgargan ediki, uni tanib bo‘lmasdi. Polisiya motosikl egasini aniqladi - u 40 yoshli quruvchi Sunatro ekan va polisiya uni vafot etgan degan taxminni ilgari surdi.

Jasad Sunatroning qarindoshlariga topshirildi va ular mayitni dafn etishdi. Ammo yetti soatdan keyin Sunatro uyiga qaytib keladi.

Ma’lum bo‘lishicha, u biroz oldin Varim ismli do‘stidan qarz olib, kafolat sifatida unga motosikl qoldirgan. Vafot etgan Varim bo‘lib chiqdi.

Varimning qarindoshlari uning o‘limi haqida xabardor bo‘lishdi, ammo ular jasadni qayta tiklashga emas, balki qabr toshidagi ismni o‘zgartirishga qaror qilishdi.

Kiritildi: 06:26 12.10.2019. O'qildi: 7736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!