Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Muhandislik bo‘yicha 9,6 ming nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagan

Muhandislik bo‘yicha 9,6 ming nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagan

Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda bugungi kunda butun dunyoda sanoatda tannarxni kamaytirish masalasi juda dolzarbligi aytildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xorijiy oliygohlarda “tannarx muhandisligi” (kost injiniring) degan fan bor, hatto kadrlar tayyorlanadi. Yoki, “qiyoslash muhandisligi” (benchmarking) orqali eng yaxshi amaliyot va yutuqlar tahlil qilinib, ulardan andoza olib, ishlab chiqarishda joriy qilish o‘rgatiladi. “Qayta muhandislik” (reversiv injiniring) tayyor mahsulotni olib, ishlash mexanizmini bo‘laklarga bo‘lib, mualliflik huquqini buzmagan holda, o‘xshash mahsulot yaratishni o‘rgatadi.

Prezident birorta texnika oliygohida bularga o‘qitish yo‘lga qo‘yilmaganini afsus bilan qayd etdi. Oqibatda mahalliy sanoat tarmoqlari katta mablag‘ sarflab, ishchilarini xorijda o‘qitishga yoki chetdan mutaxassis olib kelishga majbur.

Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 5 barobar, ya’ni 9 foizdan 42 foizga oshgani bilan yoshlarning muhandislik-texnikaga qiziqishi juda pastligi qayd etildi. 2023 yil so‘rovnomasida atigi 8 foiz maktab bitiruvchisi shu sohani tanlagan.

Ko‘pgina professor-o‘qituvchilar amaliyotdan uzilib qolgan. Muhandislik bo‘yicha 9 ming 600 nafar professor-o‘qituvchining 40 foizi so‘nggi 5 yilda malaka oshirmagan.

Ayrim institutlardagi o‘qituvchilarning yuklamasi xorijga nisbatan 2 karra ko‘p. Ba’zi universitetlar ilmiy laboratoriyalaridagi uskunaning 50 foizi eskirgan, qo‘shimcha laboratoriya va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjud.

Kiritildi: 18:24 20.06.2024. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!