Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Muhammad Saloh yonilg‘i quyish shoxobchasidagi barchaga o‘z hisobidan benzin quydirib berdi

A A A
Muhammad Saloh yonilg‘i quyish shoxobchasidagi barchaga o‘z hisobidan benzin quydirib berdi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh xayrli ishga qo‘l urdi, deya yozadi Daily Mail.

Manbada aytilishicha, 27 yoshli futbolchi o‘z avtomobilida yonilg‘i quyish shoxobchasiga kelgan va u yerdagi boshqa barcha mijozlar uchun ham pul to‘lagan. Saloh «Liverpul» libosida, qo‘lida esa qo‘lqop va antiseptik bo‘lgan.

Himoyachi Deyan Lovren jamoadoshining harakatlariga hazil bilan javob qaytardi: «Bir necha kun oldin Saloh barchaga benzin quydirib berganini eshitdim. Tahsinga loyiq ish. Ammo sen biror marta mening qahvam uchun ham pul to‘lay olasanmi? Odatda, sen xasislik qilasan, shuning uchun biroz hayratdaman, lekin baribir, ajoyib ish qilding», — deydi Lovren.

Ma’lumot uchun, Saloh 2017 yilda «Roma»dan «Liverpul»ga 42 million yevro evaziga o‘tgan. U joriy mavsumda Premyer Liganing 16 uchrashuvida 16 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 12:28 12.06.2020. O'qildi: 2774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!