Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Muhammad Saloh qachon "Liverpul"dan ketishini aniqlab oldi

Muhammad Saloh qachon "Liverpul"dan ketishini aniqlab oldi

Hujumchi Muhammad Saloh "Liverpul"ni tark etishga qaror qildi. Football Transfers xabariga ko‘ra, 33 yoshli misrlik 2026 yilning yozida mersisaydliklar safini tark etishni rejalashtirmoqda. Katta ehtimol bilan Saloh bir yildan keyin faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu transferdan "Liverpul" yaxshigina pul ishlab olishi mumkin.

Saloh 2024/2025 yilgi mavsumni juda yorqin o‘tkazdi. Barcha musobaqalarda 52 ta rasmiy o‘yinda misrlik futbolchi 34 ta gol va 23 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Muvaffaqiyatli o‘yinlar Muhammadga "Liverpul" bilan shartnomasini 2027 yilning yarmigacha uzaytirish imkonini berdi. Nufuzli "Transfermarkt" portali Salohni 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:06 07.08.2025. O'qildi: 1079 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!