Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Muhammad Saloh Angliya chempionatining 31 yillik rekordini yangiladi

Muhammad Saloh Angliya chempionatining 31 yillik rekordini yangiladi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh 13 fevral oqshomida «Everton»ga qarshi o‘tgan o‘yinda Angliya premer-ligasining 31 yillik rekordini yangiladi.

U bir mavsumda safar o‘yinlarida 22 ochko (13 gol, 9 pas) to‘pladi.

Misrlik hujumchining 16-daqiqadagi uzatmasini Aleksis Mak Allister golga aylantirdi. «Everton» darvozasiga ikkinchi golni esa Salohning o‘zi kiritdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Oldingi rekordni (21 ochko) «Nyukasl» futbolchisi Endi Koul 1993/1994 yillar mavsumida o‘rnatgan edi.

Ayni paytda Muhammad Saloh APL joriy mavsumida eng yaxshi to‘purar (22 gol), eng yaxshi assistent (14 pas) va «gol+pas» tizimida (36 ochko) eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 13:01 13.02.2025. O'qildi: 1511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!