Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mol olib kelinadi va ko‘paytiriladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mol olib kelinadi va ko‘paytiriladi

Prezident qarori bilan 2025–2026 yillarda Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning soni 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkaziladi.

2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrga qadar Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlik sub’ektlariga:

  • havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan kompensasiya qilinadi;
  • QQSni to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.

Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda:

  • chorvachilik yo‘nalishida jalb qilingan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini tadbirkorlik sub’ektlariga yillik 10 foiz stavkada (shundan 3 foiz bank marjasi) 5 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi;
  • tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kredit mablag‘lari uchun sug‘urta mexanizmidan foydalangan holda mol-mulk garov ta’minotini 50 foizgacha etib belgilanadi.
Kiritildi: 17:21 18.07.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!